Forum doirasida uzoq umr ko‘rish tibbiyotining tendensiyalari muhokama qilindi

16:19 24 Sentyabr 2024 Siyosat
349 0

Joriy yilning 18-20-sentyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Uning doirasida “Uzoq umr ko‘rish tibbiyotining tendensiyalari” mavzusida majlis o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Salimova ham ishtirok etdi.

Senator o‘z maʼruzasida O‘zbekistonda aholi sog‘lig‘ini saqlash, onalar va bolalar salomatligi muhofazasiga qaratilayotgan eʼtibor, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda bolalar va xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish borasidagi ishlarga eʼtibor qaratdi.

Majlisda reproduktiv salomatlik va bolalar salomatligini muhofaza qilish sohasida yuqori texnologiyalarni joriy etish, yordamchi reproduktiv texnologiyalar, molekulyar genetika, prenatal skriningning noinvaziv usullari markazlarini tashkil etishda hamkorlikni kengaytirish tashabbusi ilgari surildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер