Firibgarlikda ayblangan ikki shaxs Interpol bilan hamkorlikda Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga qaytarildi

00:07 22 Oktyabr 2021 Siyosat
1125 0

Oʻzbekiston Interpol MMB va Toshkent viloyati IIB xodimlari Janubiy Koreya MMB bilan hamkorlikda Interpol kanallari tomonidan katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga olgan.

Yaqinda Seul shahrida Oʻzbekistondagi Interpol MMB, Toshkent viloyati IIB va Janubiy Koreyaning Interpol MMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida huquq-tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan belgilangan ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruvda boʻlgan 1991-yilda tugʻilgan shaxs qoʻlga olingan.

Maʼlumotlarga koʻra, Seulda xizmat safarida boʻlgan Oʻzbekistonning Interpol MMB va Toshkent viloyati IIB xodimlari Janubiy Koreya MMB bilan hamkorlikda Interpol kanallari tomonidan katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda boʻlgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi 1957-yilda tugʻilgan J.N. qoʻlga olingan.

J.N. 2016-yilda fuqarolarimiz ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan Toshkent shahridan koʻchmas mulk xaridida yordam berishini vaʼda qilib, ulardan olgan pullarni majburiyatlarini bajarmay oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bugungi kunda hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi ikkala shaxs ham qoʻlga olinib, Oʻzbekiston Respublikasiga topshirildi va endi ular qilmishlari uchun sudda javob beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?