Firibgar qurilish obyektini “olib berish” uchun 7 ming soʻradi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan ushbu tadbirda aniqlanishicha, fuqaro A.A. tadbirkor M.X.ga Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlaridan qurilish obyektini olib berishi evaziga 7 ming AQSH dollari soʻragan.
Xabar qilinishicha, fuqaro A.A. ushbu pullarni olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring