Finlyandiya Rossiya bilan chegarada qoʻshinlar guruhini kuchaytirmoqda
Foto: Reuters
Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan chegarani mustahkamlash uchun Finlyandiyaga 50 nafar chegarachini yubordi.
Yevropa Ittifoqining (YEI) tashqi chegara xavfsizligi agentligi “Frontex” Rossiya bilan chegara nazoratini kuchaytirish uchun Finlyandiyaga xodimlarini yubordi. Manbaga koʻra, chegarachilar va sohil qoʻriqchilari Finlyandiyaning sharqiy chegaralarida ikki oydan koʻproq vaqt davomida qoladi.
“Yevropa chegara va sohil qoʻriqlash agentligi “Frontex” 50 nafar chegarachi va boshqa xodimlarni yubordi”, deyiladi manbada. Shuningdek, Finlyandiyaga turli jihozlar, chegara nazoratini kuchaytirish uchun patrul mashinalari yetkazib berilgani xabar qilingan.
Manbaga koʻra, hozirda Finlyandiya chegara xizmati xodimlarining qariyb yarmi Rossiya chegarasida xizmat qilmoqda.
“Ayni paytda quruqlikdagi chegara tinch, lekin biz bu bilan beparvo boʻlmasligimiz kerak”, deydi chegara xavfsizligi boʻyicha ekspert Ville Joskitt.
Uning soʻzlariga koʻra, “Frontex”ning yordami Finlyandiya inqirozga yuz tutganini anglatmaydi, aksincha, Yevropa hamkorligidan dalolat beradi.
Oʻz navbatida, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Finlyandiyaning Rossiya bilan chegaralarini mustahkamlash boʻyicha koʻrayotgan chora-tadbirlarini olqishladi.
Avvalroq, Finlyandiya hukumati rahbari Petteri Orpo Finlyandiya Rossiya bilan chegaradagi soʻnggi nazorat-oʻtkazish punktini yopishga tayyorligini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring