Finalda “El-Klassiko”ga guvoh boʻlamiz
Kecha, 8-yanvar kuni Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarim final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda “Real Madrid” jamoasi oʻz hamshahari “Atletiko Madrid” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida “qaymoqranglilar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarga Federiko Valverde va Rodrigo mualliflik qildi. “Atletiko Madrid”ning yagona javob goli esa Aleksander Syorlot hisobiga yozildi.
Shu tariqa “Real Madrid” klubi Ispaniya Superkubogi musobaqasining final oʻyiniga yoʻllanma oldi. Jamoa finalda “Barselona” bilan kuch sinashadi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu jamoalar oʻtgan mavsumda ham mazkur turnir finalida oʻzaro toʻqnash kelgan va unda Kataloniya klubi 5:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Maʼlumot uchun, Ispaniya Superkubogining bu yilgi finali 11-yanvar sanasida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring