FIFA Jahon chempionati kubogi Toshkentda
Foto: “Uzbekistan Airports”
Ogʻirligi 6 kilogrammdan ortiq boʻlgan asl oltindan yasalgan FIFA Jahon chempionati kubogi Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
“Uzbekistan Airports”ning maʼlum qilishicha, bugun, 27-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:46 da “Titan Airways” aviakompaniyasining Olmaotadan charter reysi bilan uchgan Airbus A320-233 samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻngan. Samolyot bortida futbol afsonasi Marko Materazzi va xavfsizlik xizmati FIFA Jahon chempionati kubogiga hamrohlik qilib kelgan.
“Coca-Cola” bilan hamkorlikda yaratilgan “The Original Trophy Is Here” degan imzoga ega samolyot 2026-yilgi Jahon chempionati kubogi rasmiy turida ishtirok etmoqda.3-yanvar kuni Saudiya Arabistonida boshlangan tur 75 ta joyni qamrab oladi.
Samolyot Vena, Seul, Tokio, Nyachang va Kuala-Lumpur kabi Yevropa va Osiyoning oʻnlab shaharlariga tashrif buyurgan. Tur 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati boshlanishigacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring