FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi
Kecha, 19-yanvar kuni FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi oʻz sahifasida maʼlumot berdi.
Yanvar oyida Afrika millatlar kubogi oʻtkazilgani bois, Afrika mintaqasi jamoalari reytingda sezilarli darajada yuqorilab oldi. Kamerun va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari yangilangan reytingda Oʻzbekistondan oldinlab ketdi. Shu boisdan Fabio Kannavaro boshchiligidagi “oq boʻrilar” yangilangan reytingda 52-oʻrinni band etdi.
Bu Osiyo boʻyicha beshinchi natija degani. OFK mamlakatlaridan Yaponiya (19), Eron (20), Janubiy Koreya (22) va Avstraliya (27) reytingda Oʻzbekistondan oldinda turibdi.
Afrika millatlar ligasi sabab TOP-10 talikda ham oʻzgarish boʻldi. Musobaqada 2-oʻrinni egallagan Marokash terma jamoasi Belgiya, Germaniya va Xorvatiyadan oʻtib, 8-oʻrinni egallab oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring