FIDE mart oyi uchun reytinglarni yangiladi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi mart oyi uchun reytinglarni yangiladi. Yangilangan reytingning kuchli yuztaligidan 5 nafar shaxmatchimiz oʻrin olgan. Bu haqida “UzChess” maʼlum qildi.
Reytingdan joy olgan oʻzbekistonlik shaxmatchilar orasidagi eng yaxshi natijani Nodirbek Abdusattorov qayd etib, u 2773 ochko bilan FIDE reytingida 6-pogʻonani egalladi.
Undan keyingi oʻrinlarda 2707 ochko bilan Javohir Sindarov 29-oʻrinda, 2675 ochko bilan Rustam Qosimjonov 49-oʻrinda qayd etilgan.
Shuningdek, Shamsiddin Vohidov 2670 ochko bilan 51-oʻrinda boʻlsa, Nodirbek Yakubboyev 2654 ochko jamgʻarib kuchli yuztalikning 71- pogʻonasidan oʻrin egalladi.
Bundan tashqari, FIDEning 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida tuzilgan reytingning kuchli yuztaligidan uch nafar hamyurtimiz joy olgan.
Shaxmatchimiz Afruza Hamdamova 2350 ochko toʻplagan holda 11-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2241 ochko jamgʻargan Umida Omonova 41-oʻrinda hamda 2160 ochkoga ega Guldona Karimova 90-pogʻonada qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring