Fermer xoʻjaliklari 64,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qildi
Foto: ChatGPT
Joriy yilning oʻtgan davrida fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan elektr oʻgʻirlash bilan bogʻliq 246 ta holat kuzatilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, sugʻorish mavsumida fermer xoʻjaliklari 246 ta holatda suv nasoslaridan noqonuniy foydalangan va 64,1 milliard soʻmlik elektr tokidan noqonuniy foydalangan.
Joriy yilning 15-iyul sanasida berilgan maʼlumotlarda, shu turdagi 179 ta qonunbuzarlik holatida 33,5 milliard soʻmlik elektr toki oʻgʻirlangani maʼlum qilingan. Bu soʻnggi 40 kunda 30,6 milliard soʻmlik elektr talon-toroj qilingan degani.
“Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yoʻli bilan qonunga zid ravishda foydalanish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang”, deyiladi inspeksiya xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring