Fenilketonuriyaga chalingan bolalar uchun yurtimizda ishlab chiqarilmaydigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojidan ozod qilinadi

17:57 04 Yanvar 2024 Jamiyat
457 0

Prezidentimizning “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra:

2024-yil 1-sentyabrga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilgʻor diagnostika va davolash standartlari amaliyotga joriy etilib, yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullari yoʻlga qoʻyiladi

Shuningdek:

Markaz yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullarini qoʻllash boʻyicha zamonaviy klinik protokollar va standartlar ishlab chiqadi hamda ushbu yoʻnalishdagi barcha tibbiyot tashkilotlari faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab har yili 100 tagacha imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullari muvaffaqiyatli qoʻllanganda ushbu amaliyotni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali qoplab beriladi.

Bundan tashqari:

2026-yil 1-yanvarga qadar qaror asosida tasdiqlangan dasturlar doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi tomonidan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kiriladigan yuqori texnologik diagnostika tibbiyot uskunalari, butlovchi buyumlar, reagentlar, zarur materiallar, dori vositalari va bolalar uchun maxsus oziq-ovqat mahsulotlari;

fenilketonuriyaga chalingan bolalar uchun Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojidan ozod qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?