Fazliddin Gʻoyibnazarov navbatdagi jangida ham muddatidan oldin gʻalaba qozondi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan hamyurtimiz Fazliddin Gʻoyibnazarov jumadan shanbaga oʻtar kechasi oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi. AQSHning Nyu-York shahridagi Verona shaharchasida tashkil etilgan boks kechasida hamyurtimiz Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyaga qarshi ringga koʻtarildi.
Jami 8 raundga moʻljallangan jang atigi 4 raund davom etdi. Negaki 4-raund yakuniga yetgach Garsiya jangni davom ettira olmasligini bildirdi va mazkur holatda magʻlub tomonga texnik nokaut yoziladi. Bungacha Fazliddin raqibini 3-raundda nokdaun holatiga tushirgan edi.
Shu tariqa Gʻoyibnazarov professional boksda oʻzining yettinchi gʻalabasiga erishdi. Bungacha u oʻtkazilgan oltita jangini ham oʻz foydasiga hal qilgandi. Shundan toʻrttasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Rikardo Garsiya esa 20 marta ringga koʻtarilgan boʻlib, shundan 14tasida gʻalaba qozongan (9tasi nokaut). Besh marotaba esa magʻlubiyatga uchragan. Hamyurtimizga qarshi kechgan bahsda u faoliyatidagi birinchi nokautli magʻlubiyatni qabul qilib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring