Farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi
“Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–723-son, 21.10.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi.
Xususan, hayotga, sogʻliqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi, oʻzganing mol-mulkini talon-taroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq va boshqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin emas. Ilgari qasddan har qanday jinoyatni sodir etganlar farzandlikka oluvchi boʻlishi taqiqlangan.
Shuningdek, Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ayrim kasalliklarga chalinganlar ham farzandlikka oluvchi boʻlishi mumkin emasligi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring