Farzandini noqonuniy diniy taʼlimga jalb etgan ota-onalar javobgarlikka tortiladi
“Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” gi qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz bolasini shaxsiy eʼtiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqiga egaligi qayd etildi.
Bundan tashqari, ular tomonidan oʻz bolasini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olishga jalb etishga, yaʼni bolani roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki litsenziyaga ega boʻlmagan tashkilotlarga yoxud maxsus diniy maʼlumotga ega boʻlmagan va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston boʻyicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy taʼlimni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy taʼlim olish uchun topshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.
Bunday qonunbuzarlikni sodir etganlik uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilanishi mumkin.
Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilandi.
Taʼkidlash joiz, qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring