Fargʻonalik tadbirkorlar uchun Boshqirdiston hududidan 10 ming gektar yer ajratib beriladi

Foto: «Xalq soʻzi»
Botir MADIYOROV / «Xalq soʻzi». Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi oʻtgan hafta Rossiya Federatsiyasida amaliy tashrif bilan boʻlib, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator kelishuvlarga erishdi.
Shu tariqa Boshqirdiston Respublikasi hamda Sverdlovsk viloyatida oʻtkazilgan yuzma-yuz muloqotlar davomida 562 million dollarlik hamkorlik shartnomalari imzolandi.
– Amaliy uchrashuvlar davomida 50 dan ortiq shartnomalar imzolanib, qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini eksport qilish, chorvachilik loyihalarini hayotga tatbiq etishga kelishildi, – deydi Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyev. – Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish maqsadida Boshqirdiston hududidan 10 ming gektar yer ajratib beriladigan boʻldi.
Shuningdek, oʻzaro kelishuv asosida Fargʻona viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiyaning eng yirik savdo kompaniyasi – Sima-Lend platformasi orqali sotiladi. Oʻz navbatida, ushbu kompaniya Fargʻonada oʻz ofisini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring