Fargʻonalik ayolning Istanbuldagi shifoxonada saratondan vafot etgani haqidagi xabarlar yolgʻonligi maʼlum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda 1985-yilda Fargʻona viloyati Buvayda tumanida tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Yu.Raxmatillayeva Istanbul shahrining Bagʻjilar Davlat shifoxonasida saratondan vafot etgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu xabarlar yolgʻon ekanligini maʼlum qildi.
Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida, Turkiyada vafot etgan ayol Oʻzbekiston fuqarosi emasligi va u tomonidan ishlatilgan Yu.Raxmatillayevaga tegishli boʻlgan eski turdagi nobiometrik fuqarolik pasportidagi fotosurat qalbakilashtirilgani maʼlum boʻldi.
Pasportning asl egasi ayni vaqtda Oʻzbekistonda va sogʻ-salomat.
Holat boʻyicha tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring