Fargʻonada koʻchatlarni saqlash omborida yirik yongʻin chiqdi

14:51 23 Fevral 2026 Jamiyat
312 0

Videodan kadr

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida joylashgan daraxt koʻchatlari saqlash ombori yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 23-fevral soat 13:24 da “112” tizimidan Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Oltiariq tumani “Povirgʻon” MFY joylashgan daraxt koʻchatlari saqlash ombori (muzlatgich) yonayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Viloyat FVBning 7 ta qutqaruv boʻlinmasi texnikasi voqea joyiga soat 13:30 da yetib borib, 13:42 da yongʻinni oʻrab olib, 14:20 da batamom oʻchirgan.

Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim tan-jarohati olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?