Fargʻonada “zigzak” usulida koʻchatlar ekiladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha Fargʻona viloyatida amaliy saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Ayni mavzuda navbatdagi yigʻilish Oltiariq tumanida boʻlib oʻtdi. Amaliy seminarda Fargʻona viloyati fermer xoʻjaliklari va klaster rahbarlari hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlash joiz, ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatda 10 ga yaqin tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilgan boʻlib, hududlarda dala chetlari, kollektor-drenaj tizimlari, koʻp qavatli uylar oldilarida koʻchat ekish ishlariga kirishilgan.
— Bu yil viloyatda shu kabi zaxira imkoniyatlardan foydalanib, salkam 2,5 ming gektar maydonda mevali daraxtlar koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan, — deydi Fargʻona viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Kamoliddin Joʻrayev. — Bu borada oltiariqliklarning uzum yetishtirishdagi hayotiy tajribasini inobatga olgan holda ushbu maydonlarning katta qismida tok nihollarini ekish belgilangan. Olcha, behi, anor, jiyda kabi daraxt koʻchatlari ham “zigzak” usulida ekiladi.

Bugungi yuzma-yuz muloqotda sifatli urugʻ va koʻchat tanlash, parvarishlash hamda zararli organizmlardan himoya qilishga oid amaliy tavsiyalar berildi. Oʻz navbatida, tayyor mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish boʻyicha amaldagi tartib va meʼyorlar, imtiyozlar tushuntirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring