Fargʻonada toʻrt turdagi pirotexnika vositalarini olib kirmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Fargʻona viloyatida qiymati 40 million soʻmdan ortiq boʻlgan 4 turdagi pirotexnika vositalarini olib kirmoqchi boʻlgan erkak qoʻlga olindi. Bu haqda “Bugun.uz” xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda Fargʻona-Margʻilon yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan "Spark" haydovchisi Fargʻonada qoʻlga olindi.
Qayd etilishicha, bojxona nazoratidan chetdan olib kirilgan, chet elda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan avtomobil salonida hamda yukxonasida 4 turdagi 29 284 ta pirotexnika topilgan. Ularning dastlabki qiymati 40,5 million soʻmni tashkil qiladi. Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring