Fargʻonada svetoforning qizil chirogʻida harakatlangan “Cobalt” 3 ta mashina bilan toʻqnashdi
Foto: Fargʻona YHXB
Fargʻonada svetoforni taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchi yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 6-aprel kuni soat 21:40 larda Fargʻona shaharidagi “Fargʻona” va “Qoʻqon” koʻchalari kesishgan chorrahada 2003-yilda tugʻilgan N.X. “Cobalt” avtomobilini boshqarib kelib, svetoforni taqiqlovchi qizil chirogʻida harakatlangan.
Natijada oʻz yoʻnalishida yashil chiroqda harakatlanayotgan A.S. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomobil va qarama-qarshi yoʻnalishda toʻxtab turgan “Lacetti-2” va “Damas” rusumli avtomobillar bilan toʻqnashib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Dastlabki maʼlumotga koʻra yoʻl-transport hodisasi oqibatda “Lacetti-2” rusumli avtomobilining bir nafar yoʻlovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring