Fargʻonada suv taʼminoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi
Foto: “Fargʻona suv taʼminoti” AJ
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani suv taʼminoti filiali xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Fargʻona suv taʼminoti” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 9-mart kuni viloyatning Oʻzbekiston tumanida faoliyat olib borayotgan tuman suv taʼminoti filiali inspektori hamda mijozlar boʻlimi boshligʻi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida ayrim fuqarolar tomonidan tajovuzga uchragan.
Hodisa davomida inspektor kaltaklangan, shuningdek ularning xizmat avtomashinasiga shikast yetkazilgan. Jabrlangan xodimga zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilgan hamda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar idorasiga xabar berilgan.
Bildirilishicha, ayni paytda ushbu holat boʻyicha huquq-tartibot organlari tomonidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring