Fargʻonada “Spark” bilan toʻqnashgan “Lacetti” velosipedchini urib ketdi
Foto: Fargʻona YHXB
Fargʻonada “Lacetti” avval “Spark” bilan toʻqnashib, keyin yoʻl chetida turgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 16-oktyabr kuni soat 8:10 lar chamasida Yozyovon tumani hududidan oʻtuvchi A-373 “Toshkent–Oʻsh” avtomobil yoʻlining 282-kilometrida “Mustaqillik” va “Andijon” koʻchalari kesishgan chorrahasida sodir boʻlgan.
Mazkur chorrahada 1964-yilda tugʻilgan J.T. “Spark” rusumli avtomobilida orqaga qayrilmoqchi boʻlgan vaqtida, yoʻlning qarshi tomonidan oʻz yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib ketgan.
Toʻqnashuv tufayli boshqaruvni yoʻqotgan “Lacetti” yoʻl chetida velosipedda turgan 1991-yilda tugʻilgan fuqaro T.A.ni urib yuborgan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida T.A. tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida “Nexia-1” uch nafar maktab oʻquvchisini urib yuborgani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring