Fargʻonada soya ekish seyalkalari yaratildi
Fargʻona viloyatida 31 ming gektardan ziyod maydonda moyli ekinlar, shundan 25 ming gektarida soya chigit bilan birga ekilib, bir tekis undirib olindi.
— Soyani chigit bilan birga qator orasiga ekishda eng katta muammo texnika edi, — deydi “Qoʻqon mexanika zavodi” AJ boshqaruvi raisi Sharifjon Yoʻldoshev. — Mutaxassislarimiz bilan ikki yil mobaynida ilmiy izlanishlar va amaliy tajribalar olib borildi. Natijada bir paytning oʻzida chigit va soya ekishga moslashgan maxsus seyalkalar yaratildi. Hozirgi kunga qadar viloyatdan tashqari qoʻshni Andijon va Namangan, Toshkent viloyatiga 650 ga yaqin Qoʻqon mexanika zavodida tayyorlangan ana shunday seyalkalar yetkazib berildi.
Ayni paytda fermer xoʻjaliklarining talab va tavsiyalari asosida mutaxassislar seyalkaning ish sifati, samaradorligini oshirish maqsadida amaliy saʼy-harakatlarni davom ettiryapti.
Toshloq tumanidagi «Aminjon buvo» fermer xoʻjaligi aʼzolari tajriba tariqasida 5 gektar yerga soya ekishdi. Mexanizator Maʼrufjon Abdusalomov dala maydonlari ikkinchi kultivatsiyadan chiqarilayotganini taʼkidlab, “Qoʻqon mexanika zavodi” AJ mutaxassislari tayyorlab bergan seyalkalar chigit va soyani bir paytning oʻzida ekishda qoʻl kelganini eʼtirof etdi.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring