Fargʻonada shifoxona hududidan yer sotishga uringan shaxs ushlandi

12:28 03 Sentyabr 2025 Jamiyat
227 0

Foto: Prokuratura departamenti

Fargʻona viloyatida tadbirkorga shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydoni ajratib berishi evaziga 50 dollar olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi hamda IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro B.S. “B.F.” xususiy korxonasi rahbari S.N.ning ishonchiga kirib, tadbirkorga Bagʻdod tumani Guliston massivida yangi qurilayotgan markaziy shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydoni ajratib berishi evaziga 50 dollar olgani aniqlangan.

B.S. ushbu pullarni qoʻlga kiritganidan soʻng, yana, goʻyoki yer maydonining kadastr hujjatlari tayyor boʻlganini, yerni uning nomiga rasmiylashtirish uchun qoʻshimcha 3 ming dollar kerakligini aytgan. Tezkor tadbir davomida mazkur shaxs kelishilgan puldan 1,5 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер