Fargʻonada qiymati 8 mlrd soʻmdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

09:45 31 May 2025 Jamiyat
358 0

Fargʻona viloyatida katta miqdordagi noqonuniy, qiymati 8 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan dori vositalari aniqlandi. Bu haqda DXX xabar qildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʻona shahrida yashovchi, 1986-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositasi Bogʻdod tumani hududida toʻxtatilib tekshirildi. Natijada, avtomashina salonida 8 turdagi 413 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, Bagʻdod tumanida joylashgan va mazkur fuqaroga tegishli boʻlgan 2 ta ombor koʻzdan kechirilganda, sifat sertifikatiga ega boʻlmagan jami 60 turdagi 100 332 dona dori vositalari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Fargʻona shahrida joylashgan ombordan esa noqonuniy saqlanayotgan 39 turdagi 16 897 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida, dastlabki umumiy qiymati jami 8 milliard 1 million 429 ming soʻmlik 117 642 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari vaqtincha saqlovga olindi.

Bu yoʻnalishdagi tadbirlar davom ettirilib, Margʻilon shahrida yashovchi, 1992-y.t. fuqaroga tegishli 3 ta “yashirin” omborda Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan, umumiy qiymati 400 million soʻmlik 15 turdagi kateter igna, jgut, elektron termometr, tonometr kabi jami 30 ming dona tibbiyot jihozlari saqlanayotganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holatlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер