Fargʻonada qariyb 600 million soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan “zapravka” fosh boʻldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tergovga qadar tekshiruvda maʼlum boʼlishicha, “Sh.o.” MCHJ masʼul shaxslari avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasiga oʻrnatilgan gaz hisoblagichga tashqi taʼsir oʻtkazib, tijorat maqsadida 331,7 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Mazkur qonunbuzilish natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 597,2 million soʻm miqdoridagi zarar yetkazilgani aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring