Fargʻonada qariyb 3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi
Fargʻonada katta miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi aniqlandi.
“Turvat” sanoat tarmogʻidan tabiiy gaz bilan taʼminlanuvchi “N. I. B.” MCHJga qarashli mazkur AGTKSHda gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, oʻlchov tizimidagi qurilmalarga tashqi taʼsir oʻtkazilgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 2 milliard 901 million soʻmlik zarar hisoblandi. Mazkur ish boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Bundan tashqari, Oʻzenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Kasbi tumani “Komilon” MFYda joylashgan “M. S. S.” YTTga qarashli savdo doʻkoni oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 181,7 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring