Fargʻonada Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining faol aʼzolariga esdalik nishonlari topshirildi
Ahmad Fargʻoniy nomidagi Fargʻona viloyati axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi raisi oʻrinbosari Abdugʻaffor Salihov, Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Alibek Tursunov, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev, soha xodimlari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar yigʻilganlarni bayram bilan qutlab, soha vakillarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Shundan soʻng kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlgan, sohaning tarixini yaxshi bilgan va mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan ishchi-xizmatchilar munosib taqdirlandi. Oʻz navbatida, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etayotgan fargʻonalik 94 nafar kasaba uyushma faollariga esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
— Bir guruh hamkasblar qatorida “Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi” esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandim, — deydi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi bosh yurist-konsulti Mansurbek Usmonov. — Bunday eʼtibor va ragʻbatdan behad minnatdorman. Bu kelgusi ishlarimizda katta motivatsiya beradi, ishonch va masʼuliyat tuygʻusini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Botir MADIYOROV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring