Fargʻonada oliy oʻquv yurti oʻqituvchisi qimor oʻyinlariga pul tikib yutqazgani uchun qabristonda oʻzini osdi

09:41 19 Noyabr 2021 Jamiyat
1158 0

Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi qimor oʻyinlarida katta miqdorda pul yoʻqotib, oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, u 16-noyabr kuni doʻstidan qarz olgan. Magʻlubiyatga uchragach, u uy yaqinidagi qabristonda osilgan holda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?