Fargʻonada Oliy Majlis Senati Kengashining sayyor majlisi oʻtkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Fargʻona viloyati hokimligi majlislar zalida Oliy Majlis Senati Kengashining sayyor majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda videokonferensaloqa orqali Vazirlar Mahkamasi va vazirliklar masʼullari, viloyatdagi shahar va tumanlar studiyalari orqali esa mahalliy Kengash deputatlari hamda shahar, tuman hokimliklari masʼullari ishtirok etdi.
Shuningdek, yigʻilishda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Senat qoʻmitalari raislari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Maʼlumki, Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qaroriga koʻra, Fargʻona viloyati tumanlarini (shaharlarini) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining samarali ijro etilishini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritalari” tasdiqlangan. Ayni paytda shu asosda izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Oʻz navbatida viloyatning har bir tumani (shahri) kesimida Oliy Majlis Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlaridan iborat ishchi guruhlar shakllantirildi. “Yoʻl xaritalari” ijrosi ustidan alohida tartib asosida samarali parlament va deputatlik nazorati yoʻlga qoʻyildi.
Oliy Majlis Senati Kengashining Fargʻonadagi bugungi sayyor majlisida parlament nazorati doirasida “Yoʻl xaritalari” ijrosini oʻrganish natijalari tahlil qilindi.
Taʼkidlanganidek, oʻtgan davrda viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi boʻyicha bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyida viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, eksport, aholini bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish singari muhim yoʻnalishlarda ijobiy yutuqlarga erishildi. Majlisda ijtimoiy daftarlar roʻyxatiga kiritilgan hamyurtlarimizga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi yutuqlar ham ham alohida eʼtirof etildi. Misol uchun, hisobot davrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 105,1 ming nafar xotin-qiz hamda “Yoshlar daftari”dagi 23,9 ming nafar yigit-qizga amaliy yordam koʻrsatildi.
Tahlil va tanqid ruhida oʻtgan yigʻilishda viloyatda erishilgan ijobiy ishlar bilan birga mavjud kamchilik va muammolarga eʼtibor qaratildi.
Yigʻilish yakunida mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan Senat Kengashining qarori qabul qilindi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring