Fargʻonada “Labo”ning gaz balloni portlab ketdi
Foto: Fargʻona YHXB
Fargʻona shahar Qirguli mavzesidagi “zapravka”da “Labo”ning gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 18-sentyabr kuni soat 12:00 larda Fargʻona shahri Qirguli mavzesida joylashgan AGTKSh hududida yuz bergan.
1986-yilda tugʻilgan haydovchi Q.X. “Labo” rusumli avtomashinasiga gaz toʻldirish uchun shoxobchaga kirib, avtomashinasidagi “propan” gaz turi uchun moʻljallangan ballonga “metan” gaz quyib yuborgan. Oqibatda mashinaga oʻrnatilgan gaz balloni portlab ketgan.
Qayd etilishicha, portlash tufayli tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Avtomashina texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring