Fargʻonada yiliga 10 mingtagacha elektromobil ishlab chiqariladi

18:28 29 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
1406 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻonadagi “Central Asia Motors” korxonasi negizida elektromobillar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 55 million AQSH dollarini tashkil etadi. Uni amalga oshirish uchun 43 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etish maqsad qilingan.

2022-yilning toʻrtinchi choragida ishga tushirilishi koʻzda tutilgan mazkur loyiha Xitoyning “Hong Kong ZRSC Technology” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Yangi korxonani ishga tushirishga moʻljallangan loyihaning dastlabki bosqichida yiliga 10 mingta elektromobil ishlab chiqariladi hamda yuzdan ortiq ish oʻrni yaratiladi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер