Fargʻonada Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlikda hamshiralar tayyorlanadi
Foto: «Халқ сўзи»
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Germaniyaning “OPASCA GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2+1 qoʻshma taʼlim dasturi doirasida “Hamshiralik ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Taʼkidlash joiz, Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya 2022-yilning 25-30-iyul kunlari Germaniyaga borib, bir qator kelishuvlarga erishgandi. Xususan, tibbiyot sohasida Mangeym universiteti klinikasi hamkorligida “OPASCA GmbH” kompaniyasi bilan ushbu loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
— Bu dastur Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida mutaxassislar tayyorlashdagi ilk qoʻshma taʼlim dasturi boʻlib, joriy oʻquv yilida dasturni ishga tushirish borasida amaliy ishlarga kirishildi, — deydi Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Siddiqov. — Kelishuvga koʻra, “Hamshiralik ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalari ikki yil Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida taʼlim olishgach, bir yil Germaniyadagi Mangeym universiteti klinikasi akademiyasida tahsilni davom ettirishadi. Taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Germaniyada tan olinadigan diplom hamda Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining davlat namunasidagi diplomi taqdim etiladi. Talabalar oʻqishni tamomlagach, Germaniya tibbiyot muassasalarida doimiy munosib ish oʻrniga ega boʻladi.
Har oʻquv yilida qoʻshma taʼlim dasturi doirasida tashkil etiladigan “Hamshiralik ishi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga 150 ta qabul kvotasi ajratilishi koʻzda tutilmoqda.
Hamkorlik doirasida Fargʻonada tibbiyotni rivojlantirishda Germaniyaning ilgʻor tajribasini joriy qilish, fargʻonalik shifokorlarning ushbu mamlakatda malaka oshirish va oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish ham maqsad qilingan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring