Fargʻonada er-xotin qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimiga chaqalogʻini yoqib yuborish bilan tahdid qildi
Quvasoy shahrida er-xotin 32,5 mln soʻmlik qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimlarini haqorat qilib, chaqalogʻining ustiga benzin sepib, yoqib yuborish bilan qoʻrqitgan.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, ijroni amalga oshirish uchun MIB, shahar FVB yongʻin qutqaruv qismi va shahar IIB xodimlari, tez yordam shifokorlari hamda “Polmon” MFY raisi borgan.
Fuqarolar Z.Babayeva va uning turmush oʻrtogʻi A.Babayev ularga faol qarshilik koʻrsatgani aytilmoqda.
“MIB xodimlarini turli soʻzlar bilan haqorat qilishib, ularga hamda qoʻlidagi chaqalogʻi ustiga benzin yoqilgʻisini sepib, yoqib yuborishini aytib, MIB xodimlarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishni toʻxtatishiga erishgan”, - deyiladi xabarda.
Ularga nisbatan hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish va haqorat qilish moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring