Fargʻonada chiqindilarni qayta ishlashda Finlyandiya kompaniyasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

16:17 16 Avgust 2023 Jamiyat
839 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov chiqindilarni qayta ishlashda dunyoda yetakchi mavqega ega Finlyandiyaning “SETCleanTech” kompaniyasi ijrochi direktori Youni Suomalaynen hamda uning ishonchli hamkori – Italiyaning “Giunone Consult & Communications Pte. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi.

Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda viloyatda “SETCleanTech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Tyrannosaurus qattiq chiqindilarni avtomatik ajratish va qayta ishlash tarmogʻini joriy etish masalasi koʻrib chiqildi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Aytish joiz, dunyoning eng ilgʻor texnologiyalariga asoslangan ushbu tarmoqdan koʻplab xorijiy mamlakatlarda foydalanilmoqda. Bu texnologiya orqali yonmaydigan chiqindilar ajratib olingach, qolgan chiqindilardan asosan sement zavodlarida foydalanishga moʻljallangan SRF yoqilgʻisi ishlab chiqariladi. Bu esa bunday korxonalarning yoqilgʻi uchun sarflanadigan xarajatlarini kamayishiga olib keladi.

Onlayn muloqotda Fargʻonada “SETCleanTech” kompaniyasi tomonidan mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda Yevropa va jahon moliyaviy institutlarining kredit mablagʻlarini jalb etish boʻyicha birgalikda loyiha ishlab chiqish borasida kelishib olindi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?