Fargʻonada ayolga shaxsiy videolarini tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻonada ayoldan uning shaxsiy videolarini tarqatib yubormaslik uchun pul talab qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 12-avgust kuni Qoʻqon shahar IIB tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro ayolni shaxsiy hayotiga oid videolarini tarqatish bilan qoʻrqitib, 1 200 AQSH dollari talab qilgan holda tovlamachilik qilgan.
Tezkor choralar natijasida u talab qilingan pul mablagʻini olgan paytida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.
Holat yuzasidan hujjatlar protsessual tartibda rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati Rossiyadagi oʻzbekistonliklarni “A.U.Ye.” jinoiy harakati domiga tushib qolmaslikka chaqirgani toʻgʻrisida xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring