Fargʻonada “Adliya sayli” boʻlib oʻtdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahrida Respublika ishchi guruhi, Fargʻona viloyati hokimligi va adliya boshqarmasi hamkorligida “Adliya sayli” oʻtkazildi.
Unda murojaatchilarning advokatlar, notariuslar, sud tizimi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqoti tashkil etildi. Har bir masala va muammoni shu yerning oʻzida hal etish choralari koʻrildi.

“Adliya sayli” davomida sovrinli viktorinalar, sport musobaqalari, hunarmandlar koʻrgazmasi va yarmarkasi, sayyor qabullar hamda mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Aholiga bepul psixologik maslahatlar va tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tomonidan aholiga uydan chiqmagan holda onlayn xizmatlardan foydalanish koʻnikmasi berildi.
— Umuman olganda, joriy yilning iyun oyi davomida viloyatning 19 tuman va shaharida bosqichma-bosqich “Adliya sayli” uyushtirildi, — deydi Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Kamoldin Mashrapov. — Tadbirlarda 7 ming nafardan ziyod aholi vakillari ishtirok etib, hududiy adliya boʻlimi mutaxassislari tomonidan 2 mingdan ortiq bepul huquqiy maslahatlar berildi. Davlat xizmatlari markazi va notariuslar tomonidan 1 ming 200 ga yaqin sayyor xizmatlar koʻrsatildi. “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davomida qariyb 29 ming fuqarolik hujjatlariga tuzatishlar kiritildi.

Aytish joiz, adliya tizimida yoshlar bilan ishlash masalasi har doim muhim vazifalar sirasiga kiritiladi. Ayni paytda Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar va ularning ota-onalari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkazib borilmoqda. Shu yilning oʻtgan davrida otaliqqa olingan yigit-qizlarning 80 dan ortiq muammolari aniqlanib, ularning aksariyati ijobiy hal etildi.
Muxtasar aytganda, “Adliya sayli” aholi vakillari, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish hamda boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring