Fargʻonada 836 million soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlagan tadbirkor qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “Oʻ.B.” xususiy korxonasi rahbari fuqaro B.B. va boshqalar Fargʻona tumani, “Damkoʻl” MFY hududidagi korxonaga qarashli binoda tabiiy gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 835,7 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari fosh boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring