Fargʻonada 46 ming 436 quti ipak qurti parvarishlanadi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatida ipak qurtini parvarishlash hisobiga joriy yilda 2 ming 786 tonna muhim sanoat xomashyosi – pilla yigʻib olish rejalashtirilgan. Bu borada fermer xoʻjaliklari hamda kasanachilar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzildi.
Chilgi hosil mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun ushbu yumushga jalb etiladigan 52 ming nafardan ziyod xotin-qizlarning bilim va amaliy koʻnikmalari oshirildi.
— Ipak qurti urugʻi viloyatdagi 3 ta mahalliy korxonada tayyorlandi, — deydi Fargʻona viloyati “Agropilla” MCHJ bosh agronomi Farrux Mamadaliyev. — Ayni jarayonda ipak qurti urugʻining mahalliy iqlim sharoitiga mosligi va serhosilligiga jiddiy eʼtibor qaratildi.
Oʻz navbatida, ipak qurtini intensiv usulda parvarishlash koʻlami ham tobora oshib borayotgani hosilni erta yigʻib olish hamda ozuqa bazasini tejash imkonini bermoqda.
Shu kunlarda pillachilik klasterlari tomonidan ipak qurti boquvchilarga mavsum uchun kerakli boʻlgan toʻshama qogʻozlar, termometr va boshqa kerakli ashyolar yetkazib berilayotir.
Qoʻshtepa tumani hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Maryamxon Yoʻldoshevaning qayd etishicha, ayni kunlarda tumanda ipak qurti urugʻini inkubatoriya sharoitida jonlantirish mavsumi davom etmoqda. Bu borada ipak qurti urugʻini yangi texnologiyalar asosida parvarishlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Hozirgacha ishsizligi sabab “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1500 nafar qoʻshtepalik xotin-qizlar kasanachilik asosida ish bilan taʼminlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring