Fargʻonada 163 million soʻmlik sifatsiz dori vositalari savdosi toʻxtatib qolindi

16:36 07 Noyabr 2025 Jamiyat
241 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan M.A. “A.Ikromov” va “Saodat” MFY hududidagi xonadonlarda xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 163,6 million soʻmlik 11 turdagi jami 2 ming 411 quti dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер