Fargʻona viloyatiga Quvayt kompaniyasi tomonidan investitsiya kiritiladi
Foto: «Халқ сўзи»
Fargʻona viloyati hokimligida Quvaytning “Gulf Care General Trade” hamda “Royal Mining Group” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda ushbu yurt tadbirkorlari bilan hamkorlikda tibbiyot va farmatsevtika, energetika, qurilish hamda togʻ-kon sanoati sohalariga investitsiya kiritish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Taʼkidlash joizki, Quvaytning “Gulf Care General Trade” kompaniyasi tomonidan Fargʻonada markazlashgan laboratoriya, radiologiya markazi qurish loyihalarini hayotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, quvaytlik shifokorlarni viloyatga jalb etgan holda ehtiyojmand oila farzandlarida murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkazish hamda viloyatdan saralab olingan shifokorlarni tajriba almashish uchun Quvaytga yuborish koʻzda tutilyapti.
Oʻz navbatida xorijliklar farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini barpo etish, viloyat markazida qad rostlayotgan Ekoshahar hududidagi qurilish jarayonlarida oʻz loyihalari bilan ishtirok etishni maqsad qilishgan.
Uchrashuvda “Gulf Care General Trade” kompaniyasiga Fargʻona viloyatida xorijiy korxona sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma topshirildi.
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov istiqbolli loyihalar boʻyicha amaliy ishlarga kirishilganidan mamnun ekanligini taʼkidlab, bu borada har tomonlama koʻmak berilishini bildirdi.
Muloqot yakunida rejalashtirilayotgan ishlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosiga kirishishga kelishib olindi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring