Fargʻona viloyati hokimligida xorijiy hamda mahalliy investorlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati hokimligida Qoʻqon shahrida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan xorijiy hamda mahalliy investorlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda shahardagi 30 ga yaqin xorijiy korxonalar rahbarlari va investorlar ishtirok etdi.

— Ayni paytda shahrimizda 100 ga yaqin xorijiy va qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda, — deydi Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov. — Bu yil shahrimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida 104 million dollar hajmida xorijiy investitsiya mablagʻlari jalb etilishi koʻzda tutilgan.
Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun shaharda joylashgan maxsus iqtisodiy zonalarda zaruriy infratuzilma tarmoqlari toʻliq shakllantirilgan. Soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish borasida hech qanday muammo yoʻq.

Samimiy muloqot davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish, rivojlanishga toʻsiq boʻlayotgan baʼzi muammolarni hal etish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi. Tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring