Fargʻona tumanida mikroloyihalar amalga oshiriladi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida joriy yilda Fargʻona tumanidagi 73 ta mahalla fuqarolar yigʻinida qariyb 3 mingta mikroloyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni jarayonda “Qurilish” MFYda yil davomida 30 ta mikroloyiha ijrosi taʼminlab, mahallani ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilinmoqda.
Shu mahallada yashovchi Mavlonjon Xolmatov oʻz xonadonida intensiv usulda moʻjazgina suv havzasi tashkil etib, xonbaliq (forel) parvarishini yoʻlga qoʻydi. Suv havzasiga oʻtgan yili avgust oyida 4 mingdan ziyod baliq chavoqlari tashlangan boʻlib, hozirda bitta baliq oʻrtacha 2,3-3 kg tosh bosadi. Bugungi kunda ichki bozorda bir kilogramm xonbaliq oʻrtacha 100 ming soʻm.
— Eron tadbirkorlari bilan hamkorlikda joriy yilda 25 tonna xonbaliq yetishtirish harakatidamiz, — deydi M.Xolmatov. — Ayni kunlarda hamkorlarimiz koʻmagida baliq ozuqasi – yem ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, baliq chavoqlari yetishtirish va sotish boʻyicha yana bir istiqbolli loyiha ijrosiga kirishganmiz.
Shuningdek, tadbirkor oila oʻrik bogʻlari bilan mashhur Chimyon, Mindon kabi hududlar aholisidan “Qantak”, “Subhoni”, “Isfarak” hosilini ulgurji narxda sotib olib, tabiiy usulda quritish va qadoqlash orqali MDH, Yevropa davlatlariga eksport qilmoqda. Yaqindan boshlab bir necha turdagi quritilgan oʻriklar AQSH, BAA savdo tarmoqlariga yetkazib berilayotir. Natijada mahallaning 20 nafar xotin-qizlari doimiy va mavsumiy ishga jalb etildi. Shu tariqa oila aʼzolari yiliga oʻrtacha 200 tonna oʻrikni eksport qilish imkoniga ega boʻlmoqda.
Yaqinda ushbu oila mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki”ning Fargʻona filialidan 100 million soʻm imtiyozli kredit oldi.
Aytish joiz, hozirda mahalladagi 677 ta oilada 3680 nafar aholi istiqomat qiladi. Oʻrik va uzum yetishtirish mahalla drayveri sifatida belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring