Fargʻona — Soʻx — Fargʻona yoʻnalishida aviaqatnovlar soni koʻpaytirilmoqda

22:26 05 Mart 2022 Jamiyat
1242 0

Joriy yilning 7-mart sanasidan eʼtiboran Fargʻona — Soʻx — Fargʻona yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlar haftasiga 4 marotabadan amalga oshiriladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.

Parvozlar haftaning dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari bajarilishi rejalashtirilgan. Qatnovlar “Humo air” MCHJning An-2 havo kemasida bajariladi.

Fargʻona — Soʻx yoʻnalishida parvoz mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da va Soʻx — Fargʻona yoʻnalishida esa soat 12:00 da amalga oshiriladi.

Aviachipta narxi esa bir tomonga 150 000 soʻm etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?