Fargʻona nufuzli xalqaro anjumanlar arafasida
Shu kunlarda Fargʻona viloyatida sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan xalqaro anjumanlarga qizgʻin taraddud koʻrilmoqda. Gap shundaki, 19 — 21-sentyabr kunlari Qoʻqon shahrida III xalqaro hunarmandchilik festivali hamda unga hamohang Rishton tumanida II xalqaro kulolchilik forumi boʻlib oʻtadi.
— Ushbu festival va forum doirasida qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar koʻzda tutilgan, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Ahmedov. — Xususan, festival qatnashchilari uchun mahalliy va xorijiy hunarmandlar mahsulotlarining koʻrgazma-savdolari tashkil etiladi. Oʻz navbatida ilmiy konferensiyalar, modalar namoyishi, xalq sayillari, dorbozlik tomoshalari, folklor jamoalarining konsert dasturlari, pazandachilik tanlovlarini oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Anjuman mehmonlari uchun Qoʻqon shahri va Rishton tumanining madaniy-koʻngilochar maskanlari hamda turistik yoʻnalishlari boʻylab sayohatlar uyushtiriladi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring