Fargʻonada hokim oʻrinbosari 8 ming dollar bilan ushlandi

11:01 05 Dekabr 2025 Jamiyat
152 0

Videodan kadr

Fargʻona viloyati Bogʻdod tumani hokimi oʻrinbosari 8 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Bogʻdod tumani hokimi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, Beshariq tumanida yashovchi fuqaro tomonidan “elektron onlayn auksion” savdo platformasi orqali ijara huquqi asosida yutib olingan 2,4 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaroga mulk huquqi asosida oʻtkazib berishni vaʼda qilgan.

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyilgan.

Hozirda ushbu hokimlik vakiliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?