FarDU futbol jamoasi Birinchi ligaga yoʻllanma oldi
Imomali Hasanov olgan surat
Fargʻona davlat universitetida Prezidentimizning “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida muayyan ishlar amalga oshrilmoqda.
Jumladan, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov tashabbusi bilan oliygohda yangi jamoa tuzilib, millionlar oʻyini boʻlgan futbolni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratila boshlandi.
Eʼtiborli jihati, 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 2 karra kubok sohibi, 1994-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni, 1997-yilgi jahon terma jamoasi aʼzosi, “Shuhrat” medali sovrindori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi Sergey Lebedov ushbu jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangach, natijalar va yutuqlar koʻlami ortib bordi.
Yaqinda Fargʻonada start olgan futbol boʻyicha viloyat birinchiligi — Ikkinchi liga bahslarida FarDU jamoasi “Jarqoʻrgʻon” klubiga qarshi toʻp surdi va chiroyli oʻyin koʻrsatib, 3:2 hisobida gʻalabaga erishdi.
Jamoa safida gollarga Muhammadqodir Ahmadjonov (1 ta) Otabek Zokirov (2 ta) mualliflik qildi. Mazkur natija orqali jamoa Birinchi liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Koʻrish mumkinki, tez fursatlarda FarDU futbol klubi OʻzPFL tasnifida oʻtadigan professional futbol chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Albatta, bu xushxabar Fargʻona davlat universiteti jamoasi va talaba-yoshlari uchun quvonchli yangilik boʻldi. Chunki ikki yuzga yaqin oliy taʼlim muassasalari ichida FarDU futbol jamoasining Birinchi liga yoʻllanmasiga ega chiqishi muhim tarixiy voqelik boʻldi.
Eʼtiborlisi, turnir yakunida FarDU jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lebedov “Eng yaxshi murabbiy”, Muhammadqodir Ahmadjonov “Eng yaxshi himoyachi”, Nozimjon Bobojonov “Eng yaxshi yarim himoyachi” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib, deb topildi.
Aytish kerakki, mohirlik bilan katta maydon sari ildam borayotgan bu sport klubi oʻzbek futbolida yangi umid sifatida muxlislar koʻz oʻngida real namoyon boʻlmoqda. Jamoaning maqsadlari esa juda yuqori, shunga yarasha mehnat qilinmoqda.
Fargʻona davlat universiteti futbol jamoasi misolida koʻrish mumkinki, mamlakatda har tomonlama yetuk hamda jismonan sogʻlom insonni shakllantirish, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish, albatta, oʻz samarasini beradi.
Farrux SIDDIQOV,
FarDU sport klubi raisi oʻrinbosari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring