Faoliyatning ayrim turlari boʻyicha litsenziyaning amal qilishi uchun yillik davlat bojlari belgilanadi

13:03 15 Iyul 2021 Hujjatlar
1227 0

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga koʻra, litsenziya faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi uchun alohida beriladi.

Litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi, quyidagilar mustasno:
● tibbiy faoliyat;
● farmatsevtika faoliyati;
● giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat;
● tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabisni sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish, qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish, olish va tashish;
● koʻchma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatishdan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish;
● neftni, gazni va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish;
● affinaj faoliyati.

Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni oʻzgartirganlik uchun davlat boji undiriladi.

Faoliyatning quyidagi turlari boʻyicha litsenziyaning amal qilishi uchun yillik davlat bojlari belgilanadi:

  •  konsert-tomosha faoliyati;
  •  isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol ishlab chiqarish;
  •  alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi;
  •  telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmatlarni koʻrsatish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?