“Faol hayotga qadam”: yangi ijtimoiy xizmat loyihasi ishga tushdi

12:15 07 Noyabr 2025 Jamiyat
131 0

Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz keksalar hamda uzoq muddat parvarishga muhtoj insonlar uchun 5 turdagi ijtimoiy xizmatlar tashkil etildi. Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam, qarab turish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya, kunduzgi qatnov asosida qarab turish va shaxsiy yordamchi kabi xizmatlar shular jumlasidan.

Shu asosda Samarqand shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan yana bir loyiha start oldi.

Yangi loyiha “Samarqand xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi” MCHJ tomonidan yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, unda kambagʻal oilalarda yashovchi 40 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolarga xizmat koʻrsatiladi.

Xizmat haftasiga 5 kun davomida tashkil etilib, ishtirokchilar har kuni yashash manzilidan bepul avtobusda markazga olib kelinadi va kechga yana uylariga yetkaziladi.

Bu maskanda ular uchun reabilitatsiya va sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari, jismoniy mashqlar, toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar, fizioterapiya xizmatlari, madaniy-maʼrifiy va koʻngilochar tadbirlar olib boriladi.

Ushbu loyiha nogironligi boʻlgan shaxslarning faol hayotga qaytishi, jamiyatga integratsiya boʻlishi hamda psixologik-emotsional holatini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер