Bukmekerlik xizmatlarni targʻib qilgan 70 ga yaqin sayt bloklandi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 70 ga yaqin sayt bloklandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, qoʻmita tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni targʻib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy oʻrganish va tahlillar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash boʻyicha Tegishli nazorat organiga maʼlumotlar kiritilib, shundan 70 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
“Qoʻmita tomonidan bu yoʻnalishdagi monitoring ishlari tizimli davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning 46-moddasida qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar reklamasiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring