Fanlar akademiyasiga yangi aʼzolar, bir guruh olimlarga yuksak mukofotlar topshirildi

14:01 24 Dekabr 2023 Siyosat
830 0

Mamlakatimizda Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80-yilligiga bagʻishlangan yubiley tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-211-son Farmonlariga asosan mamlakatimiz ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish ishlariga qoʻshgan salmoqli hissasi hamda Fanlar akademiyasi hayʼati va tegishli fan ixtisosliklari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan haqiqiy aʼzolarning tavsiyasiga asosan fizika-matematika, kimyo, biologiya, texnika, qishloq xoʻjaligi va boshqa fanlar boʻyicha bir guruh olimlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi.

Shuningdek, Davlatimiz Rahbarining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-212-son Farmonlari bilan mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, nufuzli xorijiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh olimlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 23-dekabr kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida mukofotlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva faxriy unvon, orden va medallarni, shuningdek, Prezidentimizning topshiriqlariga asosan Bosh vazir Abdulla Aripov Fanlar akademiyasining yangi haqiqiy aʼzolariga koʻkrak nishoni hamda guvohnomani oʻz egalariga topshirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?